Klopp: "APL chempionligi uchun kurash yakunlandi"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2017, 10:54
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, "Manchester Siti" APLda chempionlikni kafolatlab qo'ydi.

"Joriy mavsumda sovrin uchun kurash yakunlandi. MYU chempionlik poygasida ishtirok etadi deb o'ylamayman. Barcha klublar maksimal darajada yaqinlashishga urinib ko'radi, ammo agar "Siti"da omadsizlik bo'lmasa, chempionga aylanishi aniq. Biroq bu boshqa klublar to'xtashi kerak degani emas.

Quvuvchilar orasida eng yaxshi bo'lish - ajoyib maqsad. Jadvalda iloji boricha yuqori o'rinni egallash lozim" - deydi Klopp.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal