"Klassiko" kuni Barselonada metro ishchilari namoyish o'tkazishadi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2016, 17:44
Barselona shahri metro ishchilari kasaba uyushmasi rahbariyat bilan yangi shartnoma imzolash uchun navbatdagi namoyish muddatini tasdiqladi.

Namoyish "Barselona" va "Real" uchrashuvi belgilangan 2 aprel kuni bo'lib o'tadi. Mahalliy vaqt bilan soat 18:30 gacha metro 20%ga, bundan so'ng esa odamlar yig'ilib qolishini oldini olish uchun 50%ga ishlaydi.

Bu metro ishchilarining ikkinchi namoyishi hisoblanadi. Birinchisi fevral oyida bo'lib o'tgan butun jahon mobil kongressida o'tkazilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es