Kimmix - Germaniya terma jamoasining 2021 yildagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
13 yanv 2022, 18:31
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix muxlislar talqiniga ko'ra, Germaniya terma jamoasining 2021 yildagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu haqda nemis futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kimmix muxlislarning 33,8 foiz ovozini oldi. Ovoz berishdan so'ng ikkinchi o'rinni "Chelsi" yarim himoyachisi Kay Xaverc (22,7%) egalladi. Uchlikni esa "Bavariya" hujumchisi Leroy Sane (13,6%) yakunlab berdi.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning eng yaxshi o'yinchisi nomiga "Bavariya" posboni Manuel Noyer munosib deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dfb.de