Keyn: "Tottenxem" durangga ham loyiq emasdi"

Mirjalol Normatov
16 avg 2022, 00:30
"Tottenxem" futbolchisi Xarri Keyn APLning 2-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Shak-shubxasiz, og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limni etarli darajada yaxshi o'tkaza olmadik. Pressingda intensivlik yetishmadi, to'pni ushlab tura olmadik. Shu sababli jazolandik.

Ikkinchi bo'limda esa kamchilik bo'layotgan jixatlarni yaxshilay oldik deb o'ylayman. Gol urgandan keyin tezda o'tkazib yuborish ham yoqimsiz. Biroq so'nggi daqiqada gol urish ajoyib bo'ldi. Ammo bundan mamnun bo'lishimiz kerak, kuchli raqib maydonidan bir ochko bilan qaytyapmiz.

Lekin biz durangga loyiq emasdik. Oxirigacha kurashdik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik va faqatgina so'nggi daqiqadagi vaziyatdan foydalana oldik. Safarda ochko olish yoqimli, biroq ishlash kerak bo'lgan jihatlar juda ko'p", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC Sport