Keyn Evro-2020, tiklanish jarayoni qanday o'tayotgani va qachon safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2020, 20:30
“Tottenxem” forvardi yaqin orada maydonga qaytishini oshkor qildi.

Xarri Keyn Angliya chempionatining 21-turi doirasida 1 yanvar kuni bo'lib o'tgan “Sautgempton”ga (1:0) qarshi uchrashuvda jarohat olib, 75-daqiqada zaxariga olingan edi. Keyinroq esa u orqa son qismidan jarohat olgani bois operaciya stoliga yotishi ma'lum qilingandi. 

"Yevropa chempionatida aniq o'ynashimni his etmoqdaman. Agar musobaqa boshlanishidan oldin ko'ngilsiz hodisa yuz bermasa, men aniq o'ynayman. Hozircha umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmayapman, ammo trenajyor zalida ko'p mehnat qilmoqdaman. Kundan-kunga kuchaymoqdaman. Bir necha haftadan keyin esa o'ynay olaman. Qaysi bahsda maydonga qaytishimni ayta olmayman, lekin umid qilamanki, bu aprelning boshi yo o'rtalarida sodir bo'ladi”, – deydi 26 yoshli hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Evening Standard