Kellini italiyalik futbolchilarning Evrodagi rekordini o'rnatdi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2021, 09:57
Italiya terma jamoasi kecha Shveytsariyaga qarshi o'yin o'tkazdi va g'alabaga erishdi (3:0).

Italiyaliklar safida Jorjo Kellini ham maydonga tushdi. Bu himoyachi uchun Yevropa chempionatlaridagi 14-o'yin bo'ldi. 

Bu borada Kellini italiyalik futbolchilar o'rtasida rekordchiga aylanib oldi. Bungacha u birinchi o'rinni Kassano, Del Pero va Maldini kabi futbolchilar bilan bo'lishib turgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-italia.net