Kellini "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 fev 2016, 16:10
Bir necha kun avval safga qaytgan "Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Inter"ga qarshi bahsda yana jarohat oldi.

Kellini mushakdagi muammo tufayli fervaldagi bir nechta uchrashuvni o'tkazib yubordi. U nerazurrlarga qarshi o'yinga safga qaytdi, ammo 36-daqiqadayoq o'zgartirish so'radi. Taxminlarga ko'ra, uni yana oyog'idagi og'riq bezovta qilyapti.

"Yuventus" Kellinining safga qaytish muddatini oshkor qilgani yo'q, ammo Jorjo "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini ham o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia