Kazemiro "Real" bilan xayrlashdi: "Klubga minnatdorchilik bildirish uchun hatto mingta umr ham yetmaydi"

Alisher
20 avg 2022, 14:30
Kazemiro "Real" va klub muxlislari bilan xayrlashdi.

Braziliyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tadi.

"Faqatgina orzu qilsa bo'ladigan aqlbovar qilmas yo'lni bosib o'tdim. Bir kun kelib uyimga aylangan joyga qaytishga umid qilaman.

"Real" va klub muxlislariga menga bergan barcha narsalari uchun minnatdorchilik bildirishga hatto mingta umr ham yetmaydi.

Abadiy... Hala Madrid!", – deb yozdi xavbek tvittyerda.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Casemiro