Kazemiro La liga va APLni taqqosladi hamda qaysi chempionat kuchli ekanligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2023, 09:02
"Manchester Yunayted" futbolchisi, "Real" sobiq a'zosi Kazemiro Angliya va Ispaniyadagi futbol haqida gapirdi.

"La ligani erga urmoqchi emasman, ammo bu yerda o'yinlar qiyinroq. Bu yerda to'p tez-tez u jamoadan bu jamoaga o'tib turadi. Ispaniyada esa tiki-takani maqul ko'rishadi. Bu yerda to'pga ko'proq egalik qilish, hujumkor harakatlar bo'ladi. 

Meni chempionatlarda g'olib chiquvchi futbolchi sifatida bilishlarini istayman. Bu eng muhimi. Sovrinlar yutish qiyinligini bilamiz, ayniqsa Premer-Ligada, har bir o'yin qiyin kechadigan joyda. Ammo men bunga erishmoqchiman. Bu oson emasligini bilamiz. APL - dunyodagi eng qiyin chempionat", - dedi Kazemiro. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun