Kassano ijtimoiy tarmog'idagi jonli efirida Kontening sobiq jamoasiga qaytishini aytdi

Mirjalol Normatov
26 mar 2023, 14:30
Italiya termasining sobiq futbolchisi Antonio Kassano ijtimoiy tarmog'idagi jonli efirida "Tottenxem" ustozi Antonio Konte haqida gapirdi.

Uning aytishiga ko'ra, Konte yaqin vaqtlar ichida "Inter"ga qaytadi va 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Konte 2019-2021 yillar davomida "Inter"da o'ynagan va skudettoni qo'lga kiritgandi. O'tgan haftada u "Tottenxem" futbolchilari va rahbariyatini jiddiy tanqid qilgani uchun iste'foga chiqishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal