Kassano: "Ibragimovich - A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi"

Alisher
17 okt 2020, 16:21
Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Antonio Kassano "Milan"ning 39 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovichni Italiya chempionatidagi eng kuchli futbolchi deb hisoblaydi.

"Zlatan - A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi. Romelu Lukaku yosh va istedodli, ammo Ibragimovich bilan solishtirish imkonsiz. 

39 yoshda jismoniy holat etmay qoladi, bu paytda klass kerak, Ibradan esa bu narsadan ko'p. Men haqiqiy Ronaldo va van Bastendan keyin Zlatan ketmoqda deb o'ylayman.

"Inter" - "Milan" bilan derbida favorit, ammo koronavirus ta’sirini ko'rsatmagan bo'lsa Ibra barchasini oyog'ini osmondan qilishi mumkin", - deydi Kassano.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport