Kassano A Seriyani mensimadi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023
Italiyalikka milliy chempionat yoqmaydi.

Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Antonio Kassano A Seriyani masxara qildi.

"Biz to'rt kishi – men, Bobo Veri, Lele Adani va Nikola Ventola Italiyada o'ynashimiz mumkin edi. Men semizman, Nikola oqsoqlanad, Boboning tishlari unchalik yaxshi emas, biroq biz shunda ham o'ynab keta olardik. Va bu hech ham qo'rqinchli bo'lmasdi. Italiya chempionati darajasi  yomon, shuning uchun unda Lukaku yaxshi o'ynayapti", – dedi Kassano.

Avvalroq Alessandro Del Pero Italiya futboli zerikarli bo'lib qolganini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bobo TV