Karlo Anchelotti: "Real"da hammasi yaxshi"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2023, 02:06
Karlo Anchelotti "Granada" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Valverde juda yaxshi o'ynayapti. U qaysi poziciyada yaxshiroq to'p tepishini aytish qiyin.

Kroosda yomon paslar bo'lmaydi, u doim to'g'ri qaror qabul qiladi. Toni qo'rqmaydi va doimo bor e'tibori maydonda bo'ladi. Uning asosiy sifati - doimo to'g'ri poziciya tanlab, to'p bilan yaxshi harakat qilishi.

Rodrigo yana o'zining eng yaxshi formasiga qaytdi, ko'p gol uryapti. Bugun yaxshi ishladi. U nafaqat chap qanotdan, balki markazdan ham gol uryapti.

Gollar soni bo'yicha hech kim bilan garov bog'laganim yo'q. Kim gol urishining farqi yo'q, asosiysi - jamoaviy o'yin. Bizda hammasi yaxshi.

"Barselona" - "Atletiko" o'yini juda qiziq bo'ladi. Kuchli jamoa yutsin. Ularning ikkisi ham yaxshi klublar.

Muxlislar meni yaxshi ko'rishadi va bundan xursandman" - deydi "Real" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca