

"Yaxshi formada emasligimiz ko'rinib turibdi. Na himoyada va na hujumda kerakli o'yinni ko'rsata olmadik. Shanba kuni yaxshi o'yin ko'rsatamiz. Odatda buncha ko'p gol o'tkazib yubormaymiz. Muammo aniq - bizga balans kerak.
"Liverpul" yaxshi formada, chunki ular tez orada chempionatda va Chempionlar ligasi saralashida o'ynashni boshlashadi. Raqibimiz qarshi hujumda juda kuchli. Balans bo'lganida ushbu gollarni o'tkazmagan bo'lardik. Maqsadimiz, 18 avgustga yaxshi formada bo'lish" - deydi Karlo Anchelotti.

