Karlo Anchelotti: 0:0 – yomon natijalar orasida eng yaxshisi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2015, 07:12
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHL 1/4 finali doirasidagi Atletikoga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.
O'ylashimcha, biz 0:0 dan ortiqrog'iga munosib etdik, ayniqsa birinchi bo'limda. Birinchi bo'limda Real ajoyib o'ynadi.

Ikkinchi bo'limda Atletiko bizga bosim uyushtirdi, shu bois to'pni nazorat qilishda qiynaldik.

Natijani yomon deb ayta olmayman, bu hisob yomon natijalar orasidagi eng yaxshisi.

Atletiko – himoya borasida dunyoning eng kuchli klublaridan biri. Oblak qoyilmaqom o'yin o'tkazdi.

Bugungi o'yinimizni ko'rsatib Santyago Bernabeuda g'alaba qozonishimiz kerak, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru