Kapello: "Yuventus" futbolchilari mas'uliyatni his qilishmayapti"

Mirjalol Normatov
18 fev 2021, 23:19
Mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello YCHLning 1/8 finali doirasida "Portu"ga mag'lub bo'lgan "Yuventus" haqida gapirdi.

"Yuventus" maydonda koncentraciyasi o'ynadi. Agarda jamoalar yuqori darajada o'ynay olmasa, shunday xunuk holatlar juda ko'p bo'ladi. Futbolchilar mas'uliyatni his qilishmayapti. Bentankur juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Ikkinchi taym boshida esa "Yuve"ning 8 futbolchisi "Portu"dagi uch raqibini to'xtata olmadi. Bunday bo'lmaslik kerak", - dedi Kapello.

"Yuventus" va "Portu" jamoalari ishtirokidagi javob o'yini 9 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia