Kapello: "Real" Ispaniya va Yevropada favorit"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2016, 17:43
Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, Primero va Chempionlar ligasining yangi mavsumida "Real" favorit bo'ladi.

"Menga hozirgi "Bavariya" yoqayotgan bo'lsa ham "Real" o'z tarixi va ananalari hamda futbolchilarning sifatiga ko'ra Yevropa va Ispaniyada yetakchi. Zidanda o'rganish uchun vaqt bo'ldi. U Anchelottini yordamchisi bo'lgan va "Real"ning ikkinchi jamoasida ishlagan. Premer-liga va Primero o'rtasida farq bor: Messi, Ronaldu, Benzema, Beyl, Suares, Grizmann... Bu futbolchilarning bari Ispaniyada o'ynaydi, ammo Ibragimovichning Angliyaga ko'chib o'tishi bu farqni qisqartirdi" - deydi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport