
Ushbu katta nufuzli tadbirda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi ham ishtirok etayotganini takidlash joiz. Ushbu tashkilot yurtimizda 2017 yil o'z faoliyatini boshlagan bo'lib, 2018 yil Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan. Xalqao FIFPro tashkilotining O'zbekistondagi yagona vakili hisoblanadi. 2017 yildan boshlab esa yurtimiz futbolchilari FIFA tomonidan o'tkaziladigan World 11 yilning eng yaxshi 11 futbolchisini aniqlab beradigan so'rovnomada ishtirok eta boshlashdi. Uyushma esa shu kunga qadar kuzatuvchi maqomida bo'lib keldi. Hozirda Parijda o'tayotgan assambleyada O'zbekisto FIFPro tashkilotining rasmiy a'zosi sifatida qabul qilinib maxsus sertifikatga ega bo'ldi. Biz batafsil ma'lumot olish maqsadida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bilan bog'landik.

FIFPro tashkilotining yangi prezidenti David Aganzi bilan
"Bilasiz uyushmamiz FIFPro tashkilotining kuzatuvchi a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelar edi. Bugun Parijda o'tayotgan xalqaro anjumanda FIFPro a'zosi sifatida qabul qilindik. Endilikda kuzatuvchi maqomidan a'zolik sari qadam tashladik, deya olaman. Bizni to'liq qo'llab-quvvatlagan holda o'z tarkiblariga qo'shib olishdi. Bu biz uchun katta yutuq. Futbolchilarimizni huquqlarini himoya qilishda katta qadam bo'ldi. Mazkur assambleyada Ispaniya futbolchilar uyushmasi rahbari David Aganzi, Italiyadan Damiano Tomazzi Kamerundan Jeremi Njitap faoliyat olib bormoqda. Keyingi to'rt yillikda FIFPro tashkilotining yangi prezidenti uchun bo'ladigan saylovlarda o'z ovozimizga ega bo'ladi. Tashkilot o'tkazadigan saylovlarda ovoz bera olamiz. Bu albatta quvonarli holat",- deydi Kamoliddin Murzoev.

Abdulaziz Iskandarov