Kafelnikov Glushakovga hujum qilgan muxlis hisobiga 10 ming rubl o'tkazib berdi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2018, 18:14
Sobiq tennischi, "Spartak"ning mashhur muxlisi Evgeniy Kafelnikovning ma'lum qilishicha, u "Spartak" - "Rapid" o'yinida maydonga tushgan muxlis Miroslav Golunov hisobiga pul o'tkazib beribdi.

Eslatib o'tamiz, Moskvada o'tgan Yevropa ligasi o'yinida ishqiboz maydonga tushib, mezbonlar sardori Denis Glushakovga hujum qilishga urindi. Bir necha soniyadan so'ng Miroslav Golunov hibsga olindi va u 10 sutkani qamoqda o'tkazadigan bo'ldi. Muxlis 5 yil davomida futbol uchrashuvlarini stadiondan tomosha qila olmaydi.

Kafelnikov o'z "tvitteri"da Golunov hisobiga 10 ming rubl o'tkazganini tasdiqlovchi skrinshot yukladi.

Kafelnikov bungacha bir necha marta Glushakovni tanqid qilgan va "Spartak" sobiq ustozi Massimo Karrerani qo'llab-quvvatlagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com