Joze Mourinyo: "Manchester Yunayted" juda charchagan"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2017
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo APL 35-turidan o'rin olgan "Suonsi"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun biz ochkolar va ikki futbolchimizni yo'qotdik, shu bois yomon kun. Jamoa juda charchagan va xorigan. Bu o'yinda sezildi. Bugun aprel oyidagi 9-uchrashuvni o'tkazdik. Bu odamlar uchun emas. Jamoamizdagi 22 nafar futbolchining 13-14 nafari sog'lom xolos, ular ham charchagan. Futbolchilarimga hech qanday etirozim yo'q", - deydi Mourinyo VVS nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com