Jorjinoga uch top-klubdan takliflar bor

Mirjalol Normatov
29 may 2020, 21:47
Yozda "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino jamoasini almashtirishi mumkin.

Futbolchining agenti Joao Santos mijozining klubdan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Agarda Jorjinodan Sarri haqida so'rasangiz, u: "Uning o'yin uslubi menga yoqadi", deb javob beradi". Ularning o'rtasidagi munosabat yaxshi", - dedi agent.

Jorjinoning "Chelsi" bilan yana 3 yillik shartnomasi bor. Hozirda uning xizmatlariga "Yuventus", "Bavariya" va PSJ kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal