Jorje Jezus: "Navbahor"ga qarshi bor kuchimizni ishga solamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
18 sen 2023, 17:20
Osiyo Chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Navbahor" uchrashuvidan avval mezbonlar bosh murabbiyi Jorje Jezus bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

"Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk rasmiy o'yinimizda bor kuchimizni ishga solamiz. Muxlislarga so'nggi bellashuvlar singari yuqori o'yin namoyish etishga vada beramiz.

“Al Hilol” so'nggi yillarda finalga qadar yetib borganini hamda chempionlikni qo'lga kiritganini bilamiz.

Tarkib har bir o'yinda raqibga qarab tanlanadi.

Neymar dunyodagi barcha futbolchilar orasida yuqori sifatga ega ekanligini hamma biladi va u kutilganidan ko'proq ishni amalga oshirishgan qodir", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol” – “Navbahor” o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia