Joriy mavsumda muxlislarning stadionga o'rtacha tashrifi bo'yicha reyting tuzildi. Unda o'zbek klublari ham bor

Eldor Akmurzayev
15 may 2021, 22:23
Transfermarkt portali 2020/21 yilgi mavsum yuqori divizionlardagi o'yinlarda muxlislarning stadionga o'rtacha tashrifi bo'yicha reyting tuzib chiqdi.

Xitoyning “Guanchjou Evergrand” jamoasi 28,059 nafar muxlis bilan yetakchilik qo'lga oldi. Keyingi o'rinlardan esa “Atalanta Yunayted” (AQSH, 20,355) va “Zenit” (Rossiya, 18,937) joy olgan.

Shuningdek, TOP-25'da O'zbekistonning ikki klubi ham bor. “Andijon” (9,777) 13-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, “Navbahor” (9,229) 16-pog'onada ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt