

Hujumchi Tehronda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.Istiqlol jamoasi bilan kelishuv yaqin kunlarda imzolanadi. Bu haqida eronlik jurnalist Erfan Husayniy ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron jamoasi Kojoning transferini Dinamodan 400 ming dollarga sotib olishi xabar qilingandi. Joel Kojo Dinamodagi ikki yillik faoliyati davomida jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 26 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.



