Jizzaxda bayram munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2018, 16:28
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan BO'SMlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Qiziqarli va tomoshabop o'tgan musobaqada bo'lajak charm to'p ustalari o'z maxoratlarini namoyish etib murabbiylari bildirgan ishonchni oqlay olishdi. Bayramona ruxda o'tgan turnir so'nggida eng yaxshi xujumchi, eng yaxshi yarim himoyachi, eng yaxshi himoyachi, eng yaxshi darvozabon yo'nalishlari bo'yicha futbolchilar taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida so'zga chiqqan Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi  birinchi vice-prezidenti A.Musulmonov bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib, kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchilari qatoridan joy olishlariga tilak bildirdi. Musobaqa g'oliblari kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz