Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga 10 nafar da'vogar nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
28 okt 2014, 08:41
FIFA 2014 yilda dunyoning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogarlik qilayotgan 10 nafar murabbiy nomini e'lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytining xabariga ko'ra ushbu ro'yxatdan JCH-2014 g'olibi Yoaxim Lyov, YCHL-2014 sohibi Karlo Anchelotti kabi murabbiylar bor.

Karlo Anchelotti ("Real"), Antonio Konte ("Yuventus"/Italiya terma jamoasi), Pep Gvardiola ("Bavariya"), Yurgen Klinsmann (AQSH terma jamoasi), Yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi), Joze Mourinyo ("Chelsi"), Manuel Pellegrini ("Manchester Siti"), Alexandro Sabelya (Argentina terma jamoasi), Diego Simeone ("Atletiko"), Lui Van Gaal (Gollandiya terma jamoasi/"Manchester Yunayted")

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia