

APLning 8-turi doirasida "Enfild"dagi bahs 2:1 hisobida "Manchester Yunayted"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi g'alaba golini 84-daqiqada Xarri Maguayr kiritdi.
"Liverpul" "Manchester Yunayted"dan kuchliroq edi. Agarda MYU "Enfild"da g'alaba qozonmoqchi bo'lsa, faqatgina shunday tarzda - omad va so'nggi daqiqalarda standartdan keyin urilgan gol evaziga amalga oshirishi mumkin.
"Liverpul"ning himoyasi juda rasvo. Buni to'g'rilash kerak, aks holda ular chempionatda g'olib bo'la olishmaydi", - dedi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.



