Jenoa hujumchisi Shevchenkoning natijasini takrorladi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2018, 22:13
Jenoa hujumchisi Kshishtof Pentek Italiya A seriyasining 5-turida Lacioga qarshi o'yinda (1:4) gol urdi.

23 yoshli polyak Italiya A seriyasida o'zining dastlabki 4ta o'yinida 5ta gol urishga erishdi.

Shu tariqa, Pentek Andrey Shevchenkoning 1999 yildagi xuddi shunday natijasini takrorladi.

Bundan tashqari, Pentek Italiya Kubogi doirasida Lechchega qarshi o'yinda (4:0) pokerga ham erishgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe