JCH g'olibi bo'lgan mutaxassis "Real" ustoziga havas qilishini aytdi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024, 11:54
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni kimga o'xshashni xohlashini aytib berdi.

- O'zingiz havas qilgan va undan saboq olishni xohlagan murabbiy kim?

- Menga Gvardiola, "Brayton"dagi De Dzerbi, Spalletti va Simeonelarning ishi yoqadi. Men havas qiladigan murabbiy Karlo Anchelotti ismini aytishim kerak: Uni hamma qadrlaydi, juda aqlli va sovrinlarni tasodifan yutmagan.

Terma jamoaga kelganimda Madridda Simeonedan saboq olganman. Anchelotti va Simeone ikki xil murabbiy, ammo ulardan o'rganganlarim foyda bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca