JCH-2022 saralashi. Urugvay safarda Kolumbiyani taslim qildi

14 noya 2020, 08:16
JCH-2022 saralashi doirasida Kolumbiya termasi o'z uyida Urugvayni qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning yirik, 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Edinson Kavani, Luis Suares hamda Darvin Nunes mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng Urugvay hisobidagi ochkolarni 6 taga etkazdi va musobaqa jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. Kolumbiya esa 4 ochkosi bilan 7-o'rinda bormoqda.

Kolumbiya - Urugvay 0:3

Gollar: 0:1 – 5 Kavani, 0:2 – 54, penalti Suares, 0:3 – 73 Nunes.

Kolumbiya: Ospina, Mina, Moxika, Murilo, Barrios (Dias, 32), Kuadrado, Lerma, Uribe (Kardona, 65), Xames, Muriel (Morelos, 60), Sapata.

Urugvay: Kampanya, Ximenes, Vinya, Kaseres, Godin, Torreyra, de la Krus (Nunes, 46), Nandes, Bentankur (Neves, 90), Suares (Rodriges, 70), Kavani (Arambarri, 78).

Ogohlantirishlar: Mina (20), Nandes (49), Dias (72), Lerma (74), Kardona (76).

Chetlatish: Mina (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia