JCH-2022 saralashi. Suares dublga erishgan o'yinda Urugvay terma jamoasi yutqazdi

14 okt 2020, 08:57
Janubiy Amerika mintaqasida JCH-2022 saralashi doirasida 2-tur bellashuvlari o'tkazildi.

2-tur doirasida Urugvay terma jamoasi Ekvador maydoniga safar qildi va 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar asfida Kaysedo, Estrada (dubl) va Plata gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, urugvayliklarning ikkala goli ham penaltilarni aniq amalga oshirgan Luis Suares hisobida yozildi.

Ekvador – Urugvay 4:2

Gollar: 1:0 – 15 Kaysedo, 2:0 – 45 Estrada, 3:0 – 52 Estrada, 4:0 – 75 Plata, 4:1 – 84, penalti Suares, 4:2 – 90, penalti Suares.

Ekvador – Dominges, Estupinyan (Palasios, 74), Arreaga, Arboleda, Presiado, Ibarra (Franko, 69), Grueso, Mena, Valensiya (Plata, 69), Estrada (Kampana, 85), Kaysedo (Noboa, 85).

Urugvay – Kampanya, Vinya, Kaseres, Godin, Arauxo, Valverde (Arambarri, 89), Nandes (de la Krus, 46), Bentankur (Torreyra, 77), Maksi Gomes (Rodriges, 63), Suares, Rodriges (Nunes, 46).

Ogohlantirishlar: Grueso (37), Palasios (83).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia