JCH-2022 saralash. Osiyo qitasida birinchi raundga start berildi

Xayrulla Xoliqov
6 iyun 2019, 22:38
Bugun bo'lib o'tgan beshta o'yin bilan JCH-2022 saralash bosqichi start oldi.

Bugungi o'yinlarning to'rttasida maydon egalari zafar quchdi. Faqat Bangladesh mehmonda Laosni mag'lub etib qaytdi. Qizig'i shundaki, bugungi bellashuvlarda tomonlardan faqat bir jamoa gol urdi. 

6 iyun. Mo'g'uliston - Bruney 2:0  

6 iyun. Makao - Shri-Lanka 1:0 

6 iyun. Laos - Bangladesh 0:1 

6 iyun. Kambodja - Pokiston 2:0 

6 iyun. Butan - Guam 1:0 

7 iyun. Malayziya - Timor-Leste 

Ertaga Malayziya ishtirokidagi bahs o'tkaziladi. Javob uchrashuvlari 11 iyunga belgilangan. Har bir juftlik g'olibi keyingi bosqichga yo'l oladi va ikkinchi raundda o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Eslatib o'tamiz, ikkinchi raundda jami 40ta jamoa qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia