JCH-2021. Anasxon Rahmatovning goli mundialning eng chiroyli 7 golidan biri bo'ldi

Tolibjon Qosimov
5 okt 2021, 16:45
Xabaringiz bor, 12 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar Litva mamlakatida futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi nimchorak finalga qadar yetib bordi va 1/8 finalda Eronga 8:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.

FIFA matbuot xizmati musobaqa yakunlangandan keyin mundialning eng chiroyli 7 golini taqdim etdi. Quvonarlisi, JCH-2021ning eng chiroyli 7 goli orasidan terma jamoamiz a'zosi Anasxon Rahmatovning 3-tur doirasida Misr darvozasiga kiritgan goli ham o'rin oldi. Mashrab Odilovning pasidan keyin berilgan aynan shu zarba Bahodir Ahmedov shogirdlarini pley-offga olib chiqqandi.

Futzal bo'yicha JCH-2021ning eng chiroyli 7 goli mualliflari

Raul Gomez (Ispaniya)

Paragvay - Ispaniya o'yinida

Andre Koelo (Portugaliya)

Solomon Orollari - Portugaliya

Nguen Van Hey (Vetnam)

Panama - Vetnam

Anasxon Rahmatov (O'zbekiston)

Misr - O'zbekiston

Ali Asqar Hassanzoda (Eron)

Argentina - Eron

Leonardo (Braziliya)

Braziliya - Yaponiya

Yovan Lazarevich (Serbiya)

Portugaliya - Serbiya




O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia