

Kuni kecha Samara shahriga yetib keldik va Kolumbiya – Senegal o'yiniga qadar bu yerdagi barcha inshootlarni ko'zdan kechirdik. Sayohat davomida ushbu shaharda joylashgan “Kosmos” muzeyiga borishga muvaffaq bo'ldik. U yerda mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. “Kosmos” muzeyidagi asosiy eksponatlar erto'lada joylashgan. U yerda oydagi kosmos stanciya qanday ekanligi aks ettirilgan va kosmonavtlar oyda qanday tadqiqotlar amalga oshirishgani haqida ma'lumotlar berilgan.
Muzeyning yuqori qavatida oyga ilk bor parvoz qilgan “SOYUZ” kosmik kemasining dvigatel qismlari joy olgan. Bundan tashqari ushbu muzeyning 3-qavatida futbol muxlislari uchun “Krilya Sovetov” jamoasiga tegishli eksponatlar joylangan. Quyida ushbu muzeydan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Ushbu muzey biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi, deya fikr bildirishingiz tabiiy. Lekin Samara shahriga kelgan har bir mehmon bu muzeyni tomosha qilmasdan ketmasligi aniq. Sababi, ushbu muzey istalgan insonni o'ziga jalb qila oladi. Shuningdek futbol muxlislarini ham.
Quyida ushbu muzeyda ssuratga tushirilgan eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin.
















Muzeyning ikkinchi qavatiga "Krilya Sovetov" jamoasiga tegishli eksponatlar joylangan











Eslatib o'tamiz, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov futbolchilik paytida 2000 yildan 2001 yilga qadar Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasida faoliyat olib borgan va 45 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol qilgan.
SOTVOLDIEV Jahongir Samara shahridan maxsus
Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.



