Jasur Yaxshiboev - Yulduzlik kasali, "Manchester Siti" va kommentlar haqida

Narzulla Saydullayev
7 apr 2020, 09:40
Belarusning "Energetik BGU" klubida to'p tepayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachilar Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov kecha championat.asia saytining "Tezkor studiya" loyihasi mehmoni bo'lishdi.

Unda futbolchilar ko'plab savollarga javob berishdi.

- Bu o'yinlardan o'zingizni yo'qotib qo'ymasizmi, yulduzlik kasaliga chalinmaysizmi?

Jasur Yaxshiboev - Yulduzlik kasaliga chalinishning vaqti emas. Faqat oldinga intilaman, bor mahoratimni ko'rsatib, birinchi navbatda o'zim uchun va kelajakdagi niyatlarim uchun harakat qilishim kerak. Hozir o'zimni ko'rsatish uchun juda ham yaxshi vaziyat.

- Angliya yoki Ispaniya chempionatini tanlash kerak bo'lsa qaysini tanlaysiz?

Jasur Yaxshiboev: - Angliya premer-ligasi menimcha jahonda birinchi o'rinda turadi. Angliyada "Manchester Siti" klubi muxlisiman.
Shahboz Umarov: - Menimcha Angliya va Ispaniya chempionatlari turganda hech kim Ispaniyani tanlamasa kerak. Men "Liverpul" klubi muxlisiman.


- championat.asia saytidagi kommentlarni o'qib turasizmi?

Jasur Yaxshiboev: - Albatta, bazi-bazida o'qib turamiz.

Shahboz Umarov: - Har soatda kirib o'qib turaman.


"Tezkor studiya"da bo'lib o'tgan savol-javoblarni to'liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia