Jarroh: “Dembelening “Real”ga qarshi o'yinga qadar maydonga qaytishiga kafolat berolmayman”

8 noya 2017, 01:23
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembeleda jarrohlik amaliyotini o'tkazgan shifokor Sakari Orava futbolchining maydonga qaytishiga oydinlik kiritdi.

“Usmonning tiklanish jarayoni kutilganidan tez kechmoqda. U “Real”ga qarshi bahsga qadar maydonga qaytishi mumkin. Ammo bunga kafolat berolmayman.

U noyabr oyining o'rtalarida to'p bilan mashg'ulotlarga kirishadi.  Usmon yosh ftubolchi, shu sabab u bilan hammasi yaxshi bo'lishi kerak”, deydi Orava.

20 yoshli fransiyalik futbolchi jamoa safida atigi uchta o'yinda maydonga tushgan va bitta golga assistentlik qilgandi.

“Real” – “Barselona” uchrashuvi 20 dekabr kuni o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo