Jarohati bor Mane Senegal terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017
Liverpul hujumchisi Sadio Mane jarohat olganiga qaramay Senegal terma jamoasining JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlariga chaqirildi.

JARga qarshi o'yinlar 10 va 14 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 

Meni nazarimda u JAR bilan ikkala o'yinda ham bizning safimizda maydonga tushadi. Hozirga qadar u yakka tartibda shug'ullandi, ammo keyingi haftadan to'p bilan ishlay boshlaydi, - deydi Senegal ustozi Aliu Sisse.

Mane 7 oktyabr kuni Senegal terma jamoasi safida Kabo-Verdega qarshi o'yinda jarohat olgandi. Liverpul futbolchi 6 haftaga safdan chiqqanini ma'lum qilgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com