Janluidji Donnarummaga asosiy da'vogar jamoa ma'lum

Khoja
12 avg 2025, 09:46
PSJdagi kelajagi deyarli aniq bo'lgan Janluidji Donnarumma faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

 Unga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan "qizil iblislar" PSJ talab qilayotgan 40 million evroni to'lashga tayyor. Shuningdek, manchesterliklar italiyalik futbolchini APLdagi eng ko'p maosh oladigan darvozabonga aylantirishga tayyor.

Avvalroq, PSJ Janluidji Donnarummani yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani uchun sotishni reja qilgandi. Kecha futbolchi Yevropa Superkubogining qaydnomasidan ham chiqarib yuborilgandi. 


KhojaMuallif
Manba: skysport