Jaka yozda "Arsenal"dan ketadi

Mirjalol Normatov
16 may 2023
"Arsenal" futbolchisi Granit Jaka yozda jamoadan kyetishi kutilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Jaka jamoasini o'zgartiradi. Tomonlar shartnomani uzaytirish bobida muzokaralar olib borishmayapti.

Futbolchining transferi borasida "Bayer" ishlar olib bormoqda. Xavbek uchun nemis klubi 15 mln evro to'lashi kutilmoqda.

Leverkuzen klubi futbolchiga 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan va Jaka bunga ijobty javob bergan.

U 2016 yildan buyon "Arsenal" tarkibida o'ynamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia