Ivanovich "Chelsi" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2016, 13:45
"Chelsi" himoyachisi Branislav Ivanovich klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

Ma'lum bo'lishicha, 31 yoshli serb bir yilga mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekadi. Bundan tashqari, kelishuvda agar futbolchi etarli miqdordagi o'yinlarda ishtirok etsa shartnomani yana 12 oyga cho'zig bandi bo'ladi.

Oldinroq serbiyalikka "Inter", PSJ va "Fiorentina" qiziqayotgani ma'lum bo'lgan edi.

Ivanovich joriy mavsumda Angliya chempionatining 16 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times