“Istiqlol”ni Shamshiddinov boshqaradi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2021, 11:55
Farg'onaning “Istiqlol” jamoasida yaqinda murabbiylar o'zgarishi yuz berdi.

Sobiq bosh murabbiy Anvar Berdiev va uning yordamchisi Sergey Lebedev “Buxoro” jamoasidan tushgan taklifni qabul qilgan xolda, jamoa bilan do'stona xayrlashdi.

Shundan so'ng “Istiqlol” rahbariyati bir nechta murabbiylar nomzodini ko'rib chiqdi va yakunda Bahodir Shamshiddinovning o'ziga boshqaruv ishonib topshirildi. Ushbu murabbiy bungacha jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Shuningdek Bahodir Alievich jamoaning tashkiliy ishlari bo'yicha ham mas'ul hisoblanardi. Shu bois “Istiqlol” xo'jayinlari mas'uliyatli lavozimni Shamshiddinovning o'ziga ishonib topshirdi. Bosh murabbiyga endi mahalliy murabbiylar Xushbek Qosimov va Xislat Chilmatov yaqindan yordam beradigan bo'ldi. Ma'lumot uchun “Istiqlol” kecha Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia