Iste'foga chiqargani uchun "Yunayted" Mourinyoga qancha to'lagani ma'lum bo'ldi
Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 15:07
"Daily Mail" nashri jurnalistlari uzoq muddatli shartnomani bekor qilgani va Joze Mourinyoni iste'foga chiqargani uchun Joze Mourinyoga qancha mablag' to'laganini aniqlashdi.
Unga ko'ra, mankunianliklar 55 yoshli mutaxassisga 15 million funt sterling to'lab bergan. Biroq bu boradagi ma'lumot klub tomonidan sir tutilmoqda.
Mourinyo dekabr oyida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi.