Istedodli bolalar futbol bilan bepul shug'ullanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 dek 2017, 10:34
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi yurtimizda futbolni ommalashtirish, bolalar futbolini rivojlantirish, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etkazib berish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizdagi istedodli bolalarni saralab olib, ularni futbol bilan muntazam shug'ullanishlarini taminlash, yosh futbolchilarning saviyasini o'stirib borish, yangi istedodlarni kashf qilish maqsadida, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshida bepul istedodli bolalar futbol guruhlari tashkil etiladi.

Bu maktabga istedodli bolalar saralab olinib, O'FF tomonidan ishga jalb qilingan malakali murabbiylar tomonidan futbol sir-asrorlari o'rgatib boriladi. Har bir chiziqda harakat qiluvchi futbolchilar bilan alohida murabbiylar ish olib borishini ham alohida ta'kidlab o'tish zarur. Masalan, darvozabonlar murabbiyi yosh futbolchilar bilan alohida mashqlar olib borsa, hujumchilar murabbiyi esa yosh futbolchilarda tezkorlik, kuchli zarba yo'llash, to'purarlik kabi xususiyatlarni shakllantirib borishadi.

Ushbu guruh a'zolari nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishi va o'z mahoratlarini sayqallab borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com