

Ispaniya terma jamoasi kecha tunda (O'zbekiston vaqti bilan) Yevropa chempionati saralashi doirasida safarda Shotlandiya terma jaomasiga qarshi o'yin o'tkazdi (0:2).
Luis de la Fuente jamoasi o'z darvozasidan 2 ta to'p o'tkazib yubordi va raqib kiperini xafa qila olmadi. Bunaqasi 39 o'yindan buyon ro'y bermayotgandi.
So'nggi bor "qizil furiya" 2006 yil 7 oktyabr (!) sanasida Shvetsiya bilan uchrashuvda (0:2) maydonni golsiz tark etgandi.



