Ispan klublari so'nggi 5 yilda 9ta Evrokubokni qo'lga kiritishdi

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018, 10:20
Ispaniyaning ikki jamoasi Mavsum-2017/18dagi ikkita muhim Evrokubokni qo'lga kiritdi va ulardan biri 15 avgust kuni uchinchisiga ham ega chiqadi.

“Real” YCHL, “Atletiko” Yevropa Ligasi g'olibiga aylandi. Bu bilan ispan klublari so'nggi 5 yil ichida 9ta Evrokubokni qo'lga kiritishdi. La Liga jamoalari 5 marotaba (“Real” – 4, “Barselona” – 1) YCHLda, 4 bor (“Sevilya” – 3, “Atletiko” – 1) Yevropa Ligasida zafar quchishgan.

Taqqoslash uchun, Angliya klublari esa oxirgi 5 yilda faqat bir marotaba Evrokubokda bosh sovringa ega chiqishgan. “Manchester Yunayted” o'tgan yili Yevropa Ligasini yutgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif