Islomjon Qobilov "So'g'diyona"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
20 dek 2023, 11:12
"Lokomotiv" himoyachisi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

1997 yilda tug'ilgan markaziy himoyachi yakunlangan mavsum "Lokomotiv" safida barcha musobaqalarda jami 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Qobilov faoliyati davomida "Lokomotiv"dan oldin "Metallurg" va "Bunyodkor" klublarida to'p tepgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia