Islomjon Abdullaev endilikda "Turon" darvozasini qo'riqlaydi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2021
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Qo'qon-1912" posboni Islomjon Abdullaev jamoasini o'zgartirdi.

"Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi  tarkibdagi barcha futbolchilarning o'yin amaliyotlariga ega bo'lishlari uchun imkon berish maqsadida hamda "Turon" jamoasidan tushgan taklifga asosan darvozabon Islomjon Abdullaevni  qo'shnilarga ijara asosida berishga qaror qilishdi. 

Klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan  darvozabon Islomjon Abdullaev  kelayotgan mavsumni, Superliganing yangi a'zosi bo'lgan  Yaypanning "Turon" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. "Qo'qon-1912" jamoasi yosh darvozabonga yuksak ishonch bildiradi hamda  yangi jamoada unga  omad tilaydi !


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати