Islandiyaning yangi prezidenti Fransiyaga qarshi bahsni muxlislar bilan tribunada tomosha qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2016, 17:23
Islandiyaning yangi prezidenti etib saylangan, ammo o'z vazifasini bajarishga endi kirishadigan Gudni Yoxannesson Fransiyaga qarshi Evro-2016 chorak final bahsini muxlislar bilan tomosha qilmoqchi.

"Nega VIP-xonada o'tirib, shampan vinosini ichishim kerak? Bu ishni dunyoning har qanday nuqtasida o'tirib bajara olaman. Yo'q, men muxlislar bilan tribunada o'tiraman va Islandiya futbolkasida bo'laman. Fransiya terma jamoasi? Ular bizga past baho bermasliklari kerak" - deydi Yoxannesson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA