Isko yoki Alves. YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 15:20
UEFA rasmiy sayti Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlaridagi eng yaxshi futbolchi nomini e'lon qildi.

Ushbu nomga "Real" yarim himoyachisi Isko Alarkon va "Yuventus" himoyachisi Dani Alves da'vogarlik qilayotgan edi.

"Real" "Atletiko"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, Isko "Qirollik klubi"ning yagona goliga mualliflik qildi.

"Yuventus" "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida (2:1) g'alaba qozondi. Gollarning biriga Dani Alves mualliflik qildi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, "keksa sinora" futbolchisi eng yaxshi deb topildi. Ovoz berlarning 55% braziliyalikni tanladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia