Inyaki Uilyams "Atletik"da ketma-ket 200-uchrashuvda qatnashdi

Mirjalol Normatov
19 sen 2021, 10:35
"Atletik" futbolchisi Inyaki Uilyams jamoasi tarkibida Primeroda ketma-ket 200-uchrashuvini o'tkazdi.

U 5 yildan buyon o'yinlarni o'tkazib yubormayapti. Uilyamsning seriyasi "Atletiko"ga qarshi o'yinda boshlangandi.

Ammo Uilyamsning natijasi hali rekord emas. "Real Sosedad"ning sobiq himoyachisi Xuan Larranyaga 1986/87 yilgi mavsumdan 1991/92 mavsumga qadar ketma-ket 202 o'yinda qatnashgan.

Ushbu mavsumda u 5 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal